«Liverpul» ustozi Virtsning holatiga oydinlik kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

«Liverpul» ustozi Arne Slot jamoaning germaniyalik vingeri Florian Virtsning jarohati borasida ma'lumot berdi. Futbolchi «Nottingem Forest»ga qarshi safar o'yini (1:0) oldidan o'tkazilgan chigalyozdi mashg'ulotlari vaqtida shikastlangan edi.
«Menimcha, unda jiddiy hech narsa yo'q. Virts o'yinga 100 foiz tayyor emas edi, shuning uchun biz tavakkal qilmaslikka qaror qildik. Ushbu haftada u jamoa safiga qaytadi deb umid qilamiz. Biroq hozircha aniq prognoz bera olmaymiz», — deya niderlandiyalik mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Joriy mavsumda Florian 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga to'rtta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247