Gvardiola Breshiyaga uchib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 564

"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola "Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, qisqa muddatli ta'tilga chiqishga qaror qildi va Italiyaga uchib ketdi. Lekin Rimga ham, Milanga ham, hatto serquyosh Neapolga ham emas, balki shu asrning boshlarida umrining bir necha yilini o'tkazgan Breshiyaga.
Xosep Gvardiola futbolchilik faoliyatining so'nggi pallasida Roberto Badjo va Andrea Pirlo bilan birga "Breshiya"da o'ynagan. Bu safar u mahalliy "Union Breshiya"ning "Pro Patria"ga qarshi o'yinida tomoshabin bo'ldi.
Pepning sobiq klubi o'zini erga urmadi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200