Gabbiya: "Xafsalamiz pir bo'ldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

"Milan" mavsumdagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi va "Parma"ga minimal hisobda yutqazdi. "Milan" himoyachisi Matteo Gabbiya o'yin natijasidan hafsalasi pir bo'lganini yashirmayapti.
"O'yin yomon boshlandi va yomon yakunlandi. Hamma bolalar qatori men ham Rubendan xavotirdaman. Biz unga ishonamiz, u ajoyib yigit. Raqibning goliga kelsak, bahsga kirishishni istamasdim. Bu hakamlarning ishi. Skudetto? Biz u haqda o'ylamaymiz. Shunchaki o'yindan-o'yinga, kundan-kunga, har kuni zo'riqib va halol ishlash kerak", - deya Gabbiyaning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
"Milan" muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, A Seriyada 2-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196