Gasperini: "Men Kristanteni Malenga yubordim va hamma narsa harakatga keldi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

"Roma" "Kremoneze" darvozasiga uchta to'p kiritdi va A Seriyada uchinchi o'ringa chiqdi, chunki uning barcha to'g'ridan-to'g'ri raqiblari, ya'ni "Milan", "Napoli" va "Yuventus" mag'lubiyatga uchradi. Muvaffaqiyatli kechgan o'yin haqida "Roma" ustozi Jan Pero Gasperini fikr bildirdi.
"Birinchi bo'limda oson bo'lmadi, "Kremoneze" muvaffaqiyatli yopildi. Lekin men Kristanteni Malenga yaqinroq joyga jo'natganimda, hammasi joyidan qo'zg'aldi. Ko'p ijod qildik. Chempionlar Ligasi zonasiga kelsak, bu hozir hal qilinmaydi. Barchasi so'nggi ikki turda hal bo'ladi", - deya Gasperinining so'zlarini keltiradi forzaroma.info.
"Roma" oxirgi marta 2001 yilda Italiya chempioni bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203