Aspas zaxiradan maydonga tushganidan keyin faoliyatida birinchi marta La Ligada ikkita gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 422

Joriy mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatayotgan "Selta" Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Malorka"ni qabul qildi. Vigo klubi ikkinchi bo'limda mehmonlar darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritdi.
Va ikkala gol ham zaxiradan maydonga tushgan Yago Aspas nomiga yozildi. Ma'lum bo'lishicha, Aspas Ispaniya La Ligasidagi 409 o'yinida zaxiradan maydonga tushganidan keyin birinchi marta bir emas, birdaniga ikkita gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, ushbu g'alaba "Selta"ga Ispaniya chempionati turnir jadvalida oltinchi o'ringa ko'tarilish imkonini berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200