Lamin Yamal «Barselona» tarixida 100 ta g'alabaga erishgan eng yosh futbolchi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 501

La Liganing navbatdagi turida Kataloniyaning «Barselona» klubi 3:0 hisobida ishonchli g'alabaga erishdi. Jamoa etakchisi Lamin Yamal uchun ushbu muvaffaqiyat «Barselona» safidagi 100-g'alaba bo'ldi. Bu natijaga erishish uchun unga barcha musobaqalarda jami 139 ta o'yin kifoya qildi.
Yamal Boyan Krkichning rekordini yangilab, «Barsa» tarixida yuzta g'alabaga erishgan eng yosh futbolchiga aylandi. Krkich o'z vaqtida bu natijani 20 yoshu 128 kunligida qayd etgan bo'lsa, Yamal hozirda 18 yoshu 224 kunlikdir.
Eslatib o'tamiz, u kataloniyaliklar safida 2023 yilning aprel oyida — bundan uch yil avval debyut qilgan edi.
Ushbu g'alaba tufayli «Barsa» La Ligada birinchi o'rinni o'ziga qaytarib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203