"Arsenal" so'nggi 91 yil ichida ilk bor "Tottenxem"ni ikki marta yirik xisobda mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
"Arsenal" chempionatning bir o'yinida "Tottenhem" ustidan ikkinchi marta yirik hisobda g'alaba qozondi.
Bugun 27-tur doirasida Mikel Arteta jamoasi safarda 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Birinchi davradagi "Arsenal" - "Tottenhem" uchrashuvi ham 4:1 hisobida "kanonirlar" foydasiga hal bo'ldi.
Bungacha "Arsenal" faqat 1934/35 yilgi mavsumda "Tottenhem"ni ikki marta chempionatda uch va undan ortiq to'p farqi bilan mag'lub etishga muvaffaq bo'lgandi (6:0, 5:1). Bundan tashqari, bugun "kanonirlar" 1978 yildan beri chempionatdagi safardagi derbida eng yirik g'alabani qo'lga kiritishdi - o'shanda 5:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200