Ruben Loftus-Chik operatsiya qilinishi kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Milan" yarimhimoyachisi Ruben Loftus-Chik "Parma"ga qarshi o'yinda (0:1) olgan jarohati tufayli uzoq muddatga safdan chiqdi.
A Seriya 26-turi doirasidagi o'yinning 8-daqiqasida Aleksis Salemakersning jarima maydoniga uzatgan to'pini "Parma" darvozaboni Edoardo Korvi mushti bilan qaytarayotib, Loftus-Chikka tegib ketdi. "Milan" yarimhimoyachisi maydonga yiqilib tushdi, shundan so'ng maydonni zambilda tark etdi, uning bo'yni bog'lab qo'yildi.
Jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berishicha, Loftus-Chikni stadiondan shifoxonaga olib ketishgan. Xavbekda alveolyar suyak sinishi tashxisi qo'yilgan (tish ildizlari joylashgan suyak), shu sababli u yaqin orada operatsiya qilinadi. Futbolchining tiklanishi bir necha oy davom etishi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
245