Igor Tudor «Tottenxem»ning derbidagi mag'lubiyati haqida: «Farq juda katta»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276

«Tottenxem» bosh murabbiyi Igor Tudor derbida «Arsenal»dan qabul qilib olingan yirik mag'lubiyatga (1:4) izoh berdi.
Tanaffusga qadar hisob 1:1 ko'rinishida edi, biroq ikkinchi bo'limda «kanonirlar» uchta gol urib, g'alabani ilib ketishdi.
«Men hafsalam pir bo'lganini yashirmayman, biz etarlicha yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. «Arsenal» ancha kuchliroq o'ynadi. Hozirgi vaqtda jamoalar o'rtasidagi farq juda katta. Raqib tezkorroq, kuchliroq edi, ularda shunchaki energiya va ishtiyoq ko'proq bo'ldi. Bundan saboq chiqarishimiz va ishlashda davom etishimiz kerak», — dedi Tudor.
«Arsenal» 61 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, «Tottenxem» esa 29 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275