Keynning "Bavariya"dan "Barselona"ga transferi amalga oshmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

Jurnalist Florian Plettenberg "Barselona" "Bavariya" forvardi Harri Keynga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Xarri Keynni "Barselona" bilan bog'laydigan yangi mish-mishlar haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Kim prezident bo'lishidan qat'i nazar, bu yozda "Barsa"ga o'tish hozircha rejalashtirilmagan, bu real emas.
"Bavariya" hamon uning shartnomasini 2028 yoki 2029 yilgacha uzaytirishdan manfaatdor. Dastlabki muzokaralar allaqachon boshlangan va Keynning o'zi yangi kelishuvni imzolash uchun ochiq", deb yozgan Plettenberg.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243