«Oldinda haqiqiy marafon turibdi»: Arteta «Tottenxem» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan bo'lishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 276

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Premer-liga chempionligi uchun kurash haqidagi savolga javob berdi.
Yakshanba kuni «kanonirlar» «Tottenxem»ni tor-mor etishdi va jadvalda ikkinchi o'rinda borayotgan «Manchester Siti» bilan oradagi farqni yana besh ochkoga etkazishdi. Shu bilan birga, «shaharliklar» hisobida bitta zaxira o'yini mavjud.
«Biz o'yindan o'yinga qarab odimlayapmiz. Oldinda uzoq yo'l turibdi, chunki bizni hali kubok bahslari va Chempionlar ligasi kutmoqda. Oldimizda haqiqiy marafon turibdi, lekin keling, bundan zavqlanaylik. Bugun biz tarixning yangi sahifasini yozmoqchi edik va buni uddaladik», — dedi Arteta.
Kelayotgan yakshanba, 1 mart kuni «Arsenal» o'z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi.

Bosh sahifaga
281