«PSJ» yarim himoya yulduzi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64

Yarim himoyachi Joau Nevesh «PSJ» klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda frantsuz OAV xabar berdi.
Yangi kelishuv 2030 yilgacha mo'ljallangan. Futbolchi «PSJ» safiga 2024 yilda kelib qo'shilgan edi. Parijliklar Neveshning transfer huquqini Lissabonning «Benfika» klubidan sotib olishgan. Transfermarkt portali ushbu transfer summasini 66 million evroga baholagan edi.
Joriy mavsumda Joau Nevesh «PSJ» libosida 23 ta o'yin o'tkazdi. Ushbu bahslarda yarim himoyachi 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284