«Real» yarim himoyachisi bir necha haftaga safdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67

«Real» yarim himoyachisi Dani Sebalos jarohati sababli bir nechta o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
29 yoshli futbolchi «Osasuna»ga qarshi bahsning (1:2) 82-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan edi, biroq 90-daqiqada uning xatosi gol bilan yakunlandi.
«Real» tibbiy xizmati tomonidan Dani Sebalosda o'tkazilgan bugungi tekshiruvlar natijasida futbolchining o'ng oyoq boldir mushagidan jarohat olgani aniqlandi. Biz uning tiklanish jarayonini kuzatib boramiz», — deyiladi Madrid klubi bayonotida.
"As" nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Sebalos ushbu jarohat sababli bir necha hafta maydonga tusha olmasligi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
275