Derbida «Arsenal»ning mutlaq hukmronligi: «Tottenxem» 2022 yildan beri g'alaba qozona olmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 697

«Tottenxem» uch yildan ortiq vaqtdan beri «Arsenal»ni mag'lub eta olmayapti.
Bugun APLning 27-turi doirasida bo'lib o'tgan o'z maydonidagi derbida «shporlar» 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. «Tottenxem» oxirgi marta rasmiy uchrashuvda «Arsenal» ustidan 2022 yil 12 may kuni g'alaba qozongan edi (3:0). O'shandan beri «Arsenal» derbilarda 7 ta g'alabani qo'lga kiritdi, yana bir uchrashuvda durang qayd etilgan.
Hozirda «Arsenal» 28 o'yindan so'ng 61 ochko jamg'arib, APLda peshqadamlik qilmoqda. «Tottenxem» esa 29 ochko bilan 16-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234