Eron chempionati. Ashurmatov to'liq o'ynagan bahsda «Istiqlol» g'alaba qozondi va peshqadamlikni qo'lga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10458

Eron Pro ligasining 22-turidan o'rin olgan "Mes Rafsanjan" hamda "Istiqlol" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Mazkur bahsda mehmonlar sharafini himoya qilayotgan legionerimiz Rustam Ashurmatov boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi va uchrashuv yakuniga qadar to'p tepdi. Yana bir hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov esa hochsimon bog'lamidagi jarohat tufayli qaydnomaga kiritilmadi.
Bellashuv taqdirni hal qilgan yagona gol 15-daqiqada Munir El Haddadi tomonidan kiritildi va "Istiqlol"ga muhim g'alabani taqdim etdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng 21 ta o'yin o'tkazgan "Istiqlol" o'z ochkolarini 38 taga etkazib, turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Traktor" hisobida esa 36 ochko mavjud.
Eron Gulf ligasi. 22-tur
22.02.2026, 20:30
Mes Rafsanjan - Istiqlol - 0:1
Gol: 15' 0:1 - Munir El Haddadi

Bosh sahifaga
225