A Seriya. «Atalanta» «Napoli» ustidan irodali g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1256

Italiya chempionatining 26-turi doirasida «Atalanta» o'z maydonida «Napoli»ni qabul qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinning 18-daqiqasida Sem Bekem mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 61-daqiqaga kelib Mario Pashalich muvozanatni tiklagan bo'lsa, 81-daqiqada Lazar Samardjich mezbonlarga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
«Napoli» 50 ochko bilan Seriya A turnir jadvalida uchinchi o'rinni saqlab qolmoqda. «Atalanta» esa ochkolari sonini 45 taga etkazib, ettinchi pog'onadan joy oldi. Bergamo jamoasi chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasini 9 ta o'yinga etkazib qo'ydi.
Keyingi turda «Napoli» 28 fevral kuni «Verona» bilan kuch sinashadi, «Atalanta» esa 1 mart kuni «Sassuolo»ga qarshi maydonga tushadi.
A Seriya. 26-tur
22.02.2026 | 19:00
«Atleti Adzurri d’Italiya», Bergamo
«ATALANTA» — «NAPOLI» — 2:1
Gollar: Bekema 18’ (0:1), Pashalich 61’ (1:1), Samardjich 81’ (2:1).
«Atalanta»: Karnesekki, Xin, Kolashinats (Axanor, 84), Skalvini (Jimsiti, 69), Pashalich, de Ron, Dzappakosta, Bellanova (Bernaskoni, 57), Sulemana (Samardjich, 46), Zalevski, Krstovich (Skamakka, 57).
«Napoli»: Milinkovich-Savich, Juan Jezus (Olivera, 70), Buondjorno, Bekema, Elmas, Lobotka, Guterres (Spinatstsola, 63), Matstsokki (Politano, 63), Vergara (Jovane, 70), Santos (Lukaku, 85), Xeylunn.
Ogohlantirishlar: Zalevski (77) — Juan Jezus (37).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
314