«Bavariya»ning Brunu Fernandesh bo'yicha pozitsiyasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2446

«Manchester Yunayted» kelayotgan yozda yarim himoyachi Brunu Fernandeshni sotishi mumkin. Bu haqdagi mish-mishlar matbuotda anchadan beri yuribdi. 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga nafaqat Saudiya Arabistoni, balki Evropa klublari, xususan, «Bavariya» ham qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
Biroq, jurnalist Kristian Falkning o'z saytida xabar berishicha, «Bavariya» Fernandeshni sotib olmaydi. Myunxenliklar yozda Leon Goretska jamoani tark etishini inobatga olib, yarim himoyachilar bozorini o'rganishmoqda, ammo Brunu Bundesliga grandining talablariga javob bermaydi. Bunga uning transfer narxi yuqoriligi ham sabab bo'lgan.
Nufuzli Transfermarkt portali Brunu Fernandeshning qiymatini 40 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
310