Mourinyu "Real"ga qaytmaydi: Madrid klubi Joze nomzodini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46

"Real" Ispaniya chempionati doirasida safarda "Osasuna"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berganidan so'ng, Alvaro Arbeloa yana bosim ostida qoldi. Madrid klubi yozda yana bir bor bosh murabbiyni almashtirishi ehtimoldan xoli emas.
"AS" nashrining xabar berishicha, "Real" murabbiylar bozorini kuzatib bormoqda, biroq Joze Mourino nomzodini ko'rib chiqmayapti. Portugaliyalik mutaxassisning Madrid klubini boshqarish imkoniyati yo'q.
Joze Mourino 2010–2013 yillarda "Real"ni boshqargan. O'sha davrda jamoa uchta sovrin — La Liga chempionligi, Ispaniya kubogi va Ispaniya superkubogini qo'lga kiritgan edi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning sentyabr oyidan beri Mourino Lissabonning "Benfika" klubini boshqarib kelmoqda.

Bosh sahifaga
317