Braziliya Anchelottiga rekord darajadagi shartnoma taklif qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7666

Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) rahbariyati Karlo Anchelotti bilan yangi to'rt yillik shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda "AS" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, italiyalik mutaxassisning maoshi yiliga taxminan 40 million evroni tashkil qilishi mumkin. Bu esa uni dunyodagi eng ko'p haq oluvchi milliy terma jamoa murabbiyiga aylantiradi.
Mutaxassisning amaldagi kelishuvida, agar Braziliya 2026 yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqsa, 5 million evro miqdorida qo'shimcha bonus olishi ham ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, Anchelotti 2025 yilning may oyida Braziliya terma jamoasi boshqaruvini qo'lga olgan edi. Uning qo'l ostida jamoa shu paytgacha 8 ta o'yin o'tkazib, 4 ta g'alaba, 2 ta durang va 2 ta mag'lubiyat qayd etdi.
Avvalroq 66 yoshli mutaxassis "Milan", "Real Madrid", "Yuventus", "PSJ", "Bavariya", "Everton" va "Napoli" kabi nomdor klublarni boshqargan.

Bosh sahifaga
299