"Manchester Yunayted"ning Sheshko bo'yicha rejalari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3858

"Manchester Yunayted" hujumchi Benyamin Sheshko bilan xayrlashish niyatida emas.
"TEAMtalk" nashrining xabar berishicha, "qizil iblislar" Sheshkoni asosiy hujumchi rolidan tushirish niyatida emas. "MYu" uni uzoq muddatli istiqboldagi asosiy futbolchi sifatida ko'rmoqda. Hozirda klub Sheshkoning zimmasidagi yuklamani kamaytirish uchun unga tajribali o'rinbosar qidirmoqda.
Benyamin Sheshko 2025 yilda 76 million evro evaziga "RB Leyptsig"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi. Uning shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi "qizil iblislar" safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311