"Real" Mbappening tizzasidagi jarohatidan xavotirda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2252

Madridning "Real" klubi yulduz hujumchi Kilian Mbappening holatidan xavotirga tushmoqda. Ispaniyaning "Sport" nashri sahifalarida chop etilgan maqolada aytilishicha, "qaymoqranglilar" frantsuz futbolchisining so'nggi o'yinlardagi formasidan xavotirda.
Qayd etilishicha, yil boshidan beri Mbappe tizzasida noqulaylik his qilmoqda. Shanba kuni "Osasuna"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan oldin "Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa futbolchida muammo saqlanib qolayotganini ta'kidlab o'tgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Real" safarda "Osasuna"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Kilian Mbappe maydonda 90 daqiqa harakat qilgan bo'lsa-da, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Umuman olganda, frantsuz futbolchisi sifatli mavsumni o'tkazmoqda — u 33 ta o'yinda 38 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Bosh sahifaga
273