"Real" yozda birdaniga 3 nafar o'z tarbiyalanuvchisini qaytaradigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 535

Madridning "Real" klubi qayta sotib olish huquqidan foydalangan holda bir yo'la uch nafar futbolchisini hamyonbop narxda qaytarmoqchi. Bu haqda "90min" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, "qaymoqranglilar" "Komo" markaziy himoyachisi Xakobo Ramonni 8 million evroga, uning jamoadoshi — hujumkor yarim himoyachi Nikolas Pasni esa 9 million evroga sotib olmoqchi. Shuningdek, Ispaniya grandi "Shtutgart"ning tayanch yarim himoyachisi Chema Andresni 10 million evro evaziga o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Real" safarda kutilmaganda "Osasuna"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Agar "Barselona" navbatdagi bahsda "Levante"ni mag'lub etsa, Alvaro Arbeloa jamoasi La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'ringa tushib ketadi.

Bosh sahifaga
238