"Real" kelasi haftadayoq Arbeloani ishdan haydashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 578

Madridning "Real" klubi rahbariyati Alvaro Arbeloa qo'l ostidagi jamoaning o'yinidan norozi. Mutaxassis Xabi Alonso iste'foga chiqarilganidan so'ng mavsum davomida "qaymoqranglilar" boshqaruvini qo'lga olgan edi.
"Sport.es" nashri xabariga ko'ra, Chempionlar ligasida "Benfika"ga qarshi bo'ladigan javob o'yini ispaniyalik mutaxassisning kelajagini belgilab berishi mumkin. Agar "qirollik klubi" muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Arbeloaning ishdan bo'shatilish ehtimoli juda yuqori.
Birinchi o'yinda "Real" safarda Joze Mourino jamoasini 1:0 hisobida minimal farq bilan mag'lub etgan edi. Javob bahsi chorshanba kuni, 25 fevral kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245