"Yuventus" yozda Zirkzee transferini ko'rib chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 522

"Manchester Yunayted" hujumchisi Joshua Zirkzee hamon "Yuventus"ning qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi.
"Keksa sinora" o'tgan yili va shu yilning yanvar oyida ham niderlandiyalik futbolchiga da'vogarlar qatorida edi, biroq o'shanda ish aniq muzokaralargacha etib bormagandi. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, turinliklar Zirkzeeni kelayotgan yozda sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqdalar. Ammo kelishuv taqdiri jamoaning joriy A Seriya mavsumidagi yakuniy o'rniga bog'liq bo'ladi: agar "byankoneri" Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmasa, bunday transferni moliyaviy jihatdan amalga oshirishi amrimahol.
Transfermarkt portali Joshua Zirkzeening qiymatini 25 million evroga baholamoqda. Hujumchi "qizil iblislar" tarkibida joriy mavsumdagi 18 ta o'yinda ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
243