Yozef Blatter: "Tramp — FIFA tarixidagi eng yomon hodisa"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 617

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) sobiq rahbari Yozef Blatter Amerika Qo'shma Shtatlarining amaldagi prezidenti Donald Tramp sha'niga tanqidiy fikrlar bildirdi.
"Radio Canada" nashriga bergan intervyusida shveytsariyalik mutaxassis Jahon chempionati AQShda o'tkazilmasligi kerakligini ta'kidladi.
"Tramp — FIFA bilan sodir bo'lgan eng yomon voqea. Bo'lajak mundial faqat pul bilan bog'liq. Meksika va Kanada bu dasturxondan faqat ushoqlarga (qoldiqlarga) ega bo'lishadi, xolos", — dedi Blatter.
Jahon chempionati 2026 yilning yozida Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi. Hozirda amaldagi chempion Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilgi mundialning final uchrashuvida "albiseleste" Frantsiya milliy terma jamoasini mag'lub etgan edi.

Bosh sahifaga
232