"Inter" "Manchester Siti" himoyachisini sotib oladigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47

"Manchester Siti"dan ijaraga olingan Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Manuel Akanji Italiyada qoladigan bo'ldi.
Insayder Nikolo Skiraning yangilangan hisobotida xabar qilinishicha, "neradzurri" 30 yoshli futbolchini 15 million evro evaziga sotib olish optsiyasini faollashtiradi. Manbaning ta'kidlashicha, shveytsariyalik futbolchi A Seriya grandi bilan shartnoma shartlarini kelishib bo'lgan: kelishuv 2028 yilgacha mo'ljallanadi (yana 12 oyga uzaytirish imkoniyati bilan), maoshi esa yiliga taxminan 3,75 million evroni tashkil qiladi.
Avvalroq, agar "Inter" skudettoni qo'lga kiritsa, Manuel Akandjini sotib olish bandi majburiy bo'lishi haqida xabarlar paydo bo'lgan edi, biroq klub natijalardan qat'i nazar o'yinchini olib qolishga qaror qildi.

Bosh sahifaga
232