"Inter" murabbiyi Dimarkoni o'zi va Kolarov bilan solishtirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 546

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa himoyachisi Federiko Dimarkoni o'zidan va jamoaning sobiq futbolchisi Aleksandr Kolarovdan kuchliroq deb hisoblashi haqidagi savolga javob berdi. Hozirda serbiyalik sobiq futbolchi Kivuning murabbiylar shtabidan joy olgan.
"Albatta, Dimarko Kivudan yaxshiroq, lekin Kolarov haqida bunday deya olmayman, u xafa bo'lib qolishi mumkin", — deya Kivuning so'zlarini keltiradi "DAZN Italia".
Joriy mavsumda Dimarko barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 33 ta o'yinda ishtirok etdi, 6 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268