"Mundialdan eng ko'p AQSh foyda ko'radi": Blatter JCh-2026 haqida keskin fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 413

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter federatsiyaning amaldagi rahbari Janni Infantino va Amerika etakchisi Donald Trampni futbol bo'yicha jahon chempionati arafasida faqat pul haqida o'ylayotganlikda aybladi.
Mundial AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi, biroq Blatterning fikricha, asosiy foydani Qo'shma Shtatlar yig'ib oladi.
"Bu ikkovi jahon chempionatidan maksimal darajada foyda olishni ta'minlash uchun shu erda. Ushbu jahon chempionatidan eng ko'p Qo'shma Shtatlar manfaat ko'radi, tomoshabinlar emas", — deya Blatterning so'zlarini keltiradi "CBC" nashri.
Avvalroq u Trampni so'nggi yillarda FIFA bilan sodir bo'lgan eng yomon voqea ekanligini ta'kidlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218