Gexi: "Gvardiola hayotda ham xuddi televizordagidek"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1219

"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Mark Gexi murabbiy Xosep Gvardiola haqida nima deb o'ylashini aytib berdi.
25 yoshli futbolchi Premer-liganing shanba kungi o'yinida "shaharliklar"ga "Nyukasl"ni mag'lub etishda (2:1) yordam berdi.
"Gvardiola hayotda ham xuddi televizorda qanday bo'lsa, shunday. U g'ayrat va ishtiyoqqa to'la, kuchli energiyaga ega va doim g'alabaga sozlangan. U har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaydi, lekin buni o'z uslubida, raqibga o'z futbolini o'tkazgan holda amalga oshirishni xohlaydi. To'g'risini aytsam, meni hech narsa hayratlantirgani yo'q. Men shunchaki shu erda bo'lish imkoniyatidan xursandman", – dedi Gexi o'yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.
"Manchester Siti" angliyalik markaziy himoyachini shu yilning yanvar oyida "Kristal Pelas"dan 23 million evro evaziga sotib olgan edi.

Bosh sahifaga
243