Sautgeyt Glasnerning o'rnini egallashi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 374

Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Kristal Pelas"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda "Football Insider" nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, "burgutlar" Sautgeytni joriy mavsum yakuniga qadar vaqtinchalik murabbiy etib tayinlamoqchi. Klub rahbariyati muxlislar Oliver Glasnerdan allaqachon yuz o'girganini tan olmoqda va avstriyalik mutaxassisni yozgacha qoldirmaslik uchun vaqtinchalik murabbiy tayinlashni asosiy echimlardan biri sifatida ko'rmoqda. Eslatib o'tamiz, mavsum yakunida Glasnerning shartnomasi o'z nihoyasiga etadi.
Hozirgi vaqtda "Kristal Pelas" Angliya chempionati turnir jadvalida 26 uchrashuvda 32 ochko jamg'arib, 14-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309