Jahon chempioni Ronaldu bilan birga o'ynashga tayyorligini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

"Ayntraxt" hujumkor yarim himoyachisi Mario Gyottse Germaniya chempionatini Saudiya Arabistoniga almashtirishga tayyor. Bu haqda futbolchi jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o'tdi.
"Agar menga taklif bilan chiqishsa, "An-Nasr"ga o'tgan bo'lardim. U erda Krishtianu Ronaldu to'p suradi. Lekin gap faqat bitta klubda emas, balki ushbu chempionat qanday rivojlanayotganida", — deya nemis futbolchisining so'zlarini keltiradi "Tribal Football" nashri.
Marioning Frankfurt klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi "Ayntraxt" safida 25 ta bahsda ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
308