Darvin Nunes APLga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

"Al-Hilol" hujumchisi Darvin Nunes Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, Nunes Karim Benzema bilan shartnoma imzolanganidan so'ng, "Al-Hilol"ning Saudiya Arabistoni chempionati uchun qaydnomasidan chiqarib yuborilgan edi. Bunga klubning legionerlar limitiga sig'may qolgani sabab bo'lgan.
Ta'kidlanishicha, Nunesning vakillari allaqachon Angliyaning bir nechta klublari, jumladan, "Tottenxem" va "Nyukasl" bilan muzokaralar o'tkazishgan.
2022 yildan 2025 yilgacha Nunes "Liverpul" sharafini himoya qilgan, o'tgan yozda esa 53 million evro evaziga Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tgan edi. Joriy mavsumda 26 yoshli urugvaylik futbolchi barcha musobaqalarda 24 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
305