"Aston Villa"ga Duglas kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 497

Yarim himoyachi Duglas Luis "Aston Villa"ga doimiy ravishda qo'shilishi mumkin. Villaliklar braziliyalik futbolchini yanvar oyi oxirida "Yuventus"dan 25 million evroga (qo'shimcha 3,5 million evro bonuslar) sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oldi.
Jurnalist Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, Birmingem klubi yarim himoyachidan mamnun va yozda sotib olish imkoniyatidan foydalanishni rejalashtirmoqda.
"Keksa sinyora" rahbariyati Italiyada o'zini ko'rsata olmagan futbolchini sotishga umid qilmoqda. Eslatib o'tamiz, "Yuventus" Duglas Luisni 2024 yil yozida "Aston Villa"dan 51 million evroga sotib olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
215