Dimarko rekord o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 21

"Inter" vingeri Federiko Dimarko A Seriya rekordini o'rnatdi. 28 yoshli futbolchi A Seriyaning ketma-ket beshta o'yinida golli uzatma berdi, bu natijaga ilgari hech bir himoyachi erisha olmagan edi.
Shanba kuni Dimarko "neradzurrilar"ga "Lechche"ni 2:0 hisobida mag'lub etishga yordam berdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
U ilgari "Yuventus", "Sassuolo" (uch marta), "Kremoneze" va "Piza" (ikki marta)ga qarshi o'yinlarda golli uzatmani amalga oshirgandi.
Federiko Dimarko bu mavsumda A Seriyaning 24 ta o'yinida beshta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258