Runi: "Miller bu rekordga loyiq edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1388

Afsonaviy sobiq hujumchi Ueyn Runi APLda o'yinlar soni bo'yicha rekordga izoh berdi. Endi eng yaxshi ko'rsatkich 654 ta o'yin o'tkazgan Jeyms Milnerga tegishli. Runi uning rekordini haqli deb hisoblaydi.
"O'ylaymanki, uning qanday professional ekanini va butun faoliyati davomida qanchalik qattiq mehnat qilganini hamma biladi. Aynan shuning uchun u bu rekordga loyiq edi. Bu uning mehnati uchun to'lov. Agar u yana ikki yoki uch yilni APLda o'tkazsa, ajablanmayman", - deya Runining so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Eslatib o'tamiz, Milner ayni damda APL turnir jadvalida o'n ikkinchi o'rinda borayotgan "Brayton" sharafini himoya qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255