Frantsiya chempionati: «PSJ» birinchi o'rinda, «Monako» esa «Lans»ni to'xtatdi (Turnir jadvali)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 614

«PSJ» yana Frantsiya Liga 1 turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
Luis Enrike shogirdlari bugun 23-tur doirasida «Metts»ni tor-mor etdi (3:0). Ushbu g'alaba va «Monako»ga imkoniyatni boy bergan (2:3) «Lans»ning mag'lubiyati evaziga parijliklar peshqadamlikni qo'lga kiritishdi. Endilikda jamoalar o'rtasidagi farq ikki ochkoni tashkil etmoqda.
Shuningdek, kuchli to'rtlikdan «Lion» va «Marsel» jamoalari ham joy olgan. «Lion» peshqadamdan 9 ochko ortda qolmoqda (bitta zaxira o'yiniga ega), «Marsel» bilan farq esa 14 ochkoga teng.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258