APLda intriga avjida: «Manchester Siti» «Arsenal»ga yaqinlashib oldi (Turnir jadvali)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

«Manchester Siti» APL turnir jadvalida «Arsenal» bilan o'rtadagi farqni qisqartirdi.
Pep Gvardiola shogirdlari bugun APLning 27-turida «Nyukasl»dan ustun kelishdi — 2:1. «To'pchilar» esa o'zlarining so'nggi o'yinida «Vulverxempton» bilan durang o'ynashgan edi (2:2). Endilikda jamoalar o'rtasida bor-yo'g'i ikki ochko qoldi — 58 ga qarshi 56.
Turnir jadvalida uchinchi o'rinni «Aston Villa» (51 ochko) egallab turibdi. To'rtinchi pog'onada hozirda «Chelsi» (45 ochko) bormoqda. Ushbu turdagi o'yinini hali o'tkazmagan «Manchester Yunayted» hisobida ham xuddi shuncha ochko mavjud.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204