«PSJ» «Metts»ni mag'lub etib, Liga 1 taxtiga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

«PSJ» Frantsiya chempionatining 23-turi doirasidagi o'z maydonida kechgan bahsda «Metts»ni mag'lub etdi — 3:0.
Mezbonlar safida gollarga Dezire Due, Bredli Barkolya va Gonsalu Ramush mualliflik qilishdi.
Ushbu g'alabadan so'ng «PSJ» Frantsiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rindan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi — jamoa 23 ta o'yindan so'ng 54 ochko jamg'argan. «Metts» (18 ta o'yinda 13 ochko) esa so'nggi pog'onada bormoqda.
Liga 1. 23-tur
22.02.2026 | 01:05
«Park de Prens», Parij
«PSJ» — «METTs» — 3:0
Gollar: Due 3’ (1:0), Barkolya 45+3’ (2:0), Ramush 77’ (3:0).
«PSJ»: Safonov, Beraldo, Zabarniy, Ernandez, Hakimi, Zair-Emeri, Fernandes (Vitinya, 63), Li Kan In (Joau Nevesh, 63), Barkolya (Kvaratsxeliya, 64), Due (Mbay, 46), Ramush.
«Metts»: Fisher, Yegbe, Sane, Ballo-Ture (Sarr, 67), Kuao (Abuashvili, 66), Gbamen, Traore, Ture (Kvilitaya, 79), Tsitaishvili (Mbala, 88), Mishal (Deminge, 67), Diallo.
Ogohlantirishlar: Gbamen (31), Traore (45).
Manba: www.stadion.uz.
Bosh sahifaga
252