«Bavariya» Gakpo uchun 65 million evro tayyorlab qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 758

Myunxenning «Bavariya» klubi «Liverpul» sharafini himoya qilayotgan Kodi Gakpo nomzodiga o'tishga tayyor.
Myunxen grandi uchun asosiy maqsad «RB Leyptsig» futbolchisi Yan Diomande edi, biroq 19 yoshli o'yinchi rad javobini berdi. Bundan tashqari, ivuarlik iqtidor egasi o'sha «Liverpul» bilan og'zaki kelishuvga erishgan ko'rinadi. Bayern Space bergan ma'lumotlarga ko'ra, Diomande bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, «Bavariya» Gakponi o'z tomoniga og'dirib olishga harakat qiladi. Niderlandiyalik futbolchining transfer narxi taxminan 65 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Kodi Gakpo joriy mavsumda mersisaydliklar safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. 26 yoshli futbolchining «Liverpul» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
255