«Inter» yosh yulduzi bilan uzoq yillik shartnoma imzolamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29

«Inter» hujumchi Franchesko Espozitoni o'z tarkibida saqlab qolish niyatida.
FcInterNews bergan ma'lumotlarga ko'ra, keyingi haftada Milan klubi 20 yoshli forvardning agenti Mario Juffredi bilan uchrashuv o'tkazadi. Tomonlar yangi shartnoma imzolash masalasini muhokama qilishni rejalashtirishgan. «Inter» futbolchiga 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, yillik maoshi 3 yoki 3,5 million evro bo'lgan kelishuv taklif qilishga tayyor.
Franchesko Espozito «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha belgilangan. Joriy mavsumda hujumchi Milan klubi safida barcha turnirlarda 34 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267