Niko Kovach boshchiligidagi «Borussiya» oktyabr oyidan beri yutqazmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 698

Dortmundning «Borussiya» klubi Bundesliganing 23-turida «Leyptsig» bilan durang o'ynadi (2:2).
Niko Kovach shogirdlari chempionatda ketma-ket 16 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilishmayapti — 11 ta g'alaba va 5 ta durang. Jamoa so'nggi bor oktyabr oyida «Bavariya»ga imkoniyatni boy bergan edi (1:2).

Hozirda «Borussiya» Bundesliga turnir jadvalida «Bavariya»dan keyingi ikkinchi o'rinni egallab turibdi va myunxenliklardan 8 ochkoga ortda qolmoqda. Peshqadamlar keyingi turda o'zaro to'qnash kelishadi, ushbu bahs 28 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202