Keyn to'xtamayapti: Ketma-ket oltinchi o'yinda gol!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 855

Xarri Keyn golli o'yinlar seriyasini oltita uchrashuvga etkazdi.
«Bavariya» hujumchisi Bundesliganing 23-turi doirasida kechayotgan «Ayntraxt»ga qarshi bahsda (3:2) dubl qayd etdi. Bunga qadar ingliz futbolchisi «Verder» (dubl), «Leyptsig», «Xoffenxaym» (dubl), «Gamburg» va PSV darvozalarini ishg'ol qilgan edi.
Joriy mavsumda Keyn klub va terma jamoa safida jami 41 ta o'yinda maydonga tushib, 48 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Germaniya chempionatining o'zida esa uning hisobida 23 ta turdan so'ng 28 ta gol mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
191