Turkiyada Shomurodovdan zo'ri yo'q!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50

Turkiya Superligasida hech kim Eldor Shomurodovdan ko'proq gollarda ishtirok eta olgani yo'q.
«Istanbul Bashakshehir» hujumchisi «Alanyaspor»ga qarshi bahsda (2:1) penaltini aniq amalga oshirib, o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi.
O'zbekiston terma jamoasi yulduzi hisobida chempionatda kiritilgan 16 ta gol mavjud — xuddi shuncha golni faqatgina Pol Onuachu («Trabzonspor») urishga muvaffaq bo'lgan.
Shuningdek, Shomurodov «gol+pas» tizimi bo'yicha ham peshqadamlik qilmoqda — uning hisobida 23 ta o'yinda 20 ochko mavjud.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209