"Manchester Yunayted" "Real" yulduzi uchun 75 mln evro tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3847

"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
"TEAMtalk" nashrining xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" frantsiyalik futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" Kamavingani shu yozda klubni tark etishi kutilayotgan Kazemironing o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rishmoqda. Xabarlarga ko'ra, "Real" ma'lum shartlar asosida o'z futbolchisini sotishga tayyor va uning transferidan kamida 75 million evro ishlab olmoqchi.
Eduardo Kamavinga 2021 yilda "Renn"dan 31 million evro evaziga Madridga ko'chib o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda 23 yoshli xavbek "qaymoqranglilar" safida barcha turnirlarda 28 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
213