Germaniya chempionati. "Union" Berlinda "Bayer"ni taslim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

Germaniya Bundesligasining 23-turi doirasida Berlinda "Union" hamda Leverkuzenning "Bayer" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. "An der Alten Fyorsterey" stadionida kechgan bahsda mezbonlar 1:0 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 28-daqiqada Rani Xedira tomonidan kiritildi.
Ushbu natijadan so'ng "Union" 28 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog'onasiga ko'tarilib oldi. "Bayer" esa 39 ochko bilan 6-o'rinda qoldi va kuchli to'rtlik uchun kurashda muhim ochkolarni boy berdi.
Navbatdagi o'yinlar:
"Union": 28 fevral kuni safarda "Borussiya Myonxengladbax"ga qarshi.
"Bayer": 28 fevral kuni o'z maydonida "Maynts"ni qabul qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256