"Nyukasl" ustozi Gvardiola jamoasiga yuqori baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 554

Angliya Premer-ligasining 27-turi doirasida "Nyukasl" safarda "Manchester Siti" mehmoni bo'ladi. Mehmonlar bosh murabbiyi Eddi Xau bo'lajak to'qnashuv haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Shaharliklar" bilan bo'lgan har bir o'yinda biz yangi narsalarni o'rganamiz. "Manchester Siti" ko'plab mavsumlardan beri APLda o'ziga xos etalon bo'lib kelmoqda. Bu jamoa Gvardiola qo'l ostida ajoyib futbol namoyish etmoqda va etalon bo'lib qolmoqda", — deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi "Siti" matbuot xizmati.
"Manchester Siti" va "Nyukasl" o'rtasidagi bahs 21 fevral, shanba kuni "Etixad" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
244