Xabi Alonso Endrikni oldindan ogohlantirgan: Braziliyalikning "Real"dan ketish tarixi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 572

"Lion" hujumchisi Endrikning "Real"ni tark etib, Frantsiyaga yo'l olishi bilan bog'liq yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi. "The Athletic" nashrining yozishicha, madridliklarning sobiq ustozi Xabi Alonso o'tgan yozdayoq 19 yoshli braziliyalikni 2025/2026 yilgi mavsumda etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lishi qiyinligidan ogohlantirgan.
Biroq o'shanda Endrik o'z kuchiga ishongan va ijaraga ketishdan bosh tortib, jamoada qolishga qaror qilgan. Shunga qaramay, vaziyat baribir qishki transfer oynasida uning "Lion"ga ijaraga o'tishi bilan yakunlandi.
Bu qaror futbolchi uchun juda samarali bo'lib chiqdi. Endrik Frantsiyada darhol gollar urishni boshladi va bu uning 2026 yilgi Jahon chempionatiga borish imkoniyatlarini keskin oshirib yubordi.
Endrikning "Lion"dagi statistikasi:
O'yinlar: 6 ta
Gollar: 5 ta
Golli uzatma: 1 ta

Bosh sahifaga
275