Dalot: "Brunu APLning eng yaxshilaridan biri ekani — inkor etib bo'lmaydigan fakt"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 475

Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot jamoadoshi hamda vatandoshi Brunu Fernandesh haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Brunu — Angliya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri. Bu inkor etib bo'lmaydigan fakt. Agar kimdir bunga qo'shilmasa, bu ularning tanlovi", — deya himoyachining so'zlarini keltiradi "Daily Mail".
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Fernandesh 23 ta uchrashuvda ishtirok etdi. 31 yoshli portugaliyalik o'z hisobiga 6 ta gol va 12 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
"Manchester Yunayted" 45 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264