Fonseka: "Men "Milan"da ko'proq vaqt o'tkazishga loyiq edim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1235

"Milan" sobiq ustozi Paulu Fonseka Italiya klubidagi faoliyati davrini yodga oldi.
"Men "Milan"da ko'proq vaqt berilishiga loyiq edim. "Milan" — ajoyib klub va u erda ishlash menga juda yoqqandi. Etarlicha vaqtim bo'lmaganidan juda afsusdaman. Ularning g'oyasi o'yin uslubini hujumkorroq yo'nalishga o'zgartirish edi. Ko'p yillar davomida shakllangan narsani o'zgartirish esa oson emas", — deya Fonsekaning so'zlarini keltiradi "The Athletic".
Eslatib o'tamiz, Fonseka 2024 yilning iyulidan dekabriga qadar "Milan"ni boshqargan edi. Hozirda 53 yoshli portugaliyalik mutaxassis Frantsiyaning "Lion" klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Hozirda Massimiliano Allegri qo'l ostidagi "Milan" Italiya chempionati turnir jadvalida 54 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
276