Xyoness: "Klopp murabbiylik qilishi kerak, u hozir o'z vazifasini bajarmayapti"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3146

"Bavariya" faxriy prezidenti Uli Xyoness "Borussiya Dortmund" va "Liverpul" sobiq ustozi Yurgen Kloppning "Red Bull" tizimidagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
"Bu rol Klopp uchun emas. U dunyo bo'ylab ma'ruzalar o'qib yurishi emas, balki jamoa boshqaruvida, murabbiylar o'rindig'ida o'tirishi kerak. U futbolchilarni motivatsiya qilishda juda kuchli. Yurgen Zaltsburgda yoki Braziliyada bo'la turib, "RB Leyptsig"ga qanday ta'sir o'tkazishi mumkin?" — deya Xyonessning so'zlarini keltiradi "Bild" nashri.
Germaniyalik mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida "Maynts", "Borussiya Dortmund" va "Liverpul" klublarini boshqargan. Klopp 2024 yilda Angliya grandini tark etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267